5 523
«Unitel» MChJ bosh direktori Toshkentda Beeline 4G’siga iPhone’da ulanib bo‘lmasligi sababini tushuntirdi
Informasion texnologiyalar va kommunikasiyalar vakillari ishtirokida «O‘zbekistonda mobil aloqa: muammolar va echimlar» mavzusida bo‘lib o‘tgan Xalqaro press klubda «Untel» MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov nega Toshkentda «Beeline» mobil aloqa operatori orqali 4G internetga ulanib bo‘lmasligi va mijozning boshqa kompaniyaga o‘tishda o‘z raqamini saqlab qolish imkoniyati haqidagi savollarga javob berdi.
— Toshkent shahrida 178ta 4G baza stansiyalari o‘rnatib bo‘lingan, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Faqatgina Apple kompaniyasining iPhone telefonlaridan foydalanayotgan mijozlarimiz bu xizmatga hozircha ulana olishmaydi. Chunki Apple kompaniyasi biz joriy etgan 800 mGs diapozonni O‘zbekiston uchun negadir bloklab qo‘ygan.
Ayni paytda bu borada Apple kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Hammaga ma’lumki, bizda ularning vakolatxonasi yo‘q. Shu sababli to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga majbur bo‘lmoqdamiz. Ularda ham byurokratiya bor, ishlar cho‘zilmoqda. O‘ylaymanki, bizning talablarimiz inobatga olinadi va iOS’ning keyingi yangilanmalarida 4G xizmatimizni qo‘llash taklif etiladi. Android operasion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar orqali 4G’ga ulanishda muammo yo‘q, — dedi Dmitriy Shukov.
— Bir kompaniyadan ikkinchi kompaniyaga o‘tishda mijozning o‘z telefon raqamini saqlab qolish masalasiga to‘xtalsam, bu narsaga bir necha yil oldin Rossiyada katta shov-shuv bilan qonun qabul qilib o‘tilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ma’lum bo‘lmoqdaki, mijozlarning 90-95 foizi hech qachon o‘z operatorini almashtirmaydi, demakki, raqamini saqlab qolishga ham ehtiyoji yo‘q. O‘zbekistonda bu narsani joriy etish uchun o‘n millionlab dollar mablag‘ talab etiladi. Chunki yagona ma’lumot bazasi yaratilishi kerak, barcha operatorlar o‘sha bazaga ulanib, mijozlarni kuzatib borishi kerak bo‘ladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi