00:12 / 13.09.2017
8 790

"O‘zbekiston 24" teleradiokanali yopiladi!?

"Ўзбекистон 24" телерадиоканали ёпилади!?
Kechagina faoliyatini boshlagan “O‘zbekiston 24” kanali haqida bugun “yopiladi” degan gap so‘zlar tarqaldi. Kanal test sinovidan o‘ta olmagani sababli yopilishi kutilmoqda. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan bo‘lsada, kanal jurnalistlari ayni mavzu ko‘tarilganini aytmoqdalar. Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida ham kanalning yopilish haqidagi gap-so‘zlar ko‘paygan.

Agar bu ma’lumot haqiqat bo‘lib chiqsa, “Axborot” va “Poytaxt” teledasturlari qaytishi mumkin.

Kanalda faoliyat yurituvchi jurnalistlarning aytishicha ichki majlisda “O‘zbekiston 24”ning faoliyati tugatilishi mavzusi o‘rtaga tashlangan. Shuningdek, kanalning teleefiridagi kamchiliklari va xatolari, ko‘rsatuvlarning qayta namoyish etilishi tanqid qilingan. Katta xarajat sarflab, e’tirof etilganidek buyuk maqsadlarni ko‘zlab ochilgan kanal xozircha o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni oqlay olgani yo‘q. “O‘zbekiton 24” mamlakat ichidagi yangiliklarni birinchi va asosiy manbasi bo‘la olmadi.

Buning sababi esa nazarimizda kanal shoshilinch tarzda efirga uzatila boshlanganidadir. Test sinovida efirga chiqqan kanalning kamchiliklari talaygina ekanligi uni obro‘sizlantirib qo‘ydi. Hamda kanal efir vaqtini to‘ldirish ham muammoga aylandi. Rahbariyatda birin-ketin o‘zgarishlar sodir bo‘lgani ham ichki faoliyatga ta’sir etgan bo‘lishi aniq. Boshqa kanallardan “terib” olingan jurnalistlar jamoa bo‘lib ishlashga ulgurmasdanoq kanal efirga chiqdi. Buni ustiga ularni birlashtiruvchi rahbar ham tez-tez almashtirildi. Kanal jurnalistlarining aytishicha chet-eldan keltirilgan yangi texnika to‘liq o‘zlashtirilmasdan “O‘zbekiston 24” faoliyatini boshlab yuborgan.



Manba: dia.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » "O‘zbekiston 24" teleradiokanali yopiladi!?