08:55 / 19.09.2017
8 649

Toshkent markazidagi yangi ko‘prik qurilishi yakunlandi. U yaqin kunlarda ochiladi (foto)

Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich qurib bitkazildi. Bu haqda «My Day»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Toshkent markazidagi yangi ko‘prik qurilishi yakunlandi. U yaqin kunlarda ochiladi (foto)
Shunga qaramay, ko‘prik transportlar harakatlanishi uchun hamon yopiq. Ta’kidlanishicha, ko‘prik yaqin kunlarda ochilishi rejalashtirilmoqda.



Ko‘prikni qayta tiklash ishlari shu yilning mayida boshlangan edi. Uning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilindi, eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi esa yangidan qurildi.


Avvalroq «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Davron Dehqonov yo‘l o‘tkazgich O‘zbekiston Mustaqilligining 26 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent markazidagi yangi ko‘prik qurilishi yakunlandi. U yaqin kunlarda ochiladi (foto)