13:27 / 19.09.2017
7 291

Bugun Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida nutq so‘zlaydi

Bugun Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida nutq so‘zlaydi
Bugun, 19 sentyabr kuni AQShning Nyu-York shahridagi BMT Bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahalliy vaqt bilan tushdan so‘ng BMT minbarida nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Mamlakat rahbari Polsha prezidenti Andrej Duda, Misr prezidenti Abul Fattoh Al-Sisiydan so‘ng 23-navbatda minbarga ko‘tariladi. Shavkat Mirziyoyevning nutqidan so‘ng, Armaniston, Kosta-Rika, Uganda, Shri-Lanka va umumiy hisobda 13ta davlat rahbarlari nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

Mazkur yirik siyosiy tadbirda BMT faoliyatini isloh etish, dunyo hamjamiyatining yangi rivojlanish maqsadlari sari yakdil qadam tashlashga kelishib olish, terrorizm va separatizm ko‘rinishida harakatlarga barham kabi masalalarga to‘xtalib o‘tiladi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugun Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida nutq so‘zlaydi