23:39 / 19.09.2017
6 772

O‘zbekiston Prezidentining BMTda nutq so‘zlash vaqti aniq bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidentining BMTda nutq so‘zlash vaqti aniq bo‘ldi
19 sentyabrdan 20 sentyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 dan, Nyu-York vaqti bilan esa 16:00 dan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma’ruzasi “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston 24” telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida ma’lum qilindi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasini BMTning rasmiy sayti https://gadebate.un.org/ru orqali ham kuzatishingiz mumkin.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidenti Polsha va Misr davlatlari rahbarlaridan so‘ng ma’ruza qiladi.

Yirik siyosiy tadbirda BMT faoliyatini isloh etish, dunyo hamjamiyatining yangi rivojlanish maqsadlari sari yakdil qadam tashlashga kelishib olish, terrorizm va separatizm ko‘rinishida harakatlarga barham berish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Prezidentining BMTda nutq so‘zlash vaqti aniq bo‘ldi