19:12 / 22.09.2017
7 115

Paxta terimida fidoyilik ko‘rsatgan yoshlar arzon uy-joy bilan ta’minlanadi

Paxta terimida fidoyilik ko‘rsatgan yoshlar arzon uy-joy bilan ta’minlanadi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining Bosh vazir A.Aripov tomonidan 2017 yilning 19 sentyabr kuni tasdiqlangan bayonida qayd etilishicha, «Fidoyi yoshlar otryadlari» namunaviy tarzda tashkil etiladigan Toshkent viloyati hokimligi «Qishloqqurilishinvest» kompaniyasi bilan birgalikda Yoshlar ittifoqining tavsiyasiga ko‘ra «Fidoyi yoshlar otryadlari»da fidoyilik ko‘rsatgan 20 nafar faol yoshlarni arzon uy-joy bilan ta’minlaydi.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermerlari Kengashi va ATB «Xalq banki» bilan birgalikda Yoshlar ittifoqining tavsiyasiga ko‘ra «Fidoyi yoshlar otryadlari»da fidoyilik ko‘rsatgan eng ilg‘or 200 nafar terimchi yoshlarga rag‘batlantirish maqsadida chorva hayvonlari (qoramol, qo‘y, tovuq) ajratish choralari ko‘riladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, Toshkent viloyatida «Fidoyi yoshlar otryadlari» loyihasini namunaviy tarzda tashkil etish maqsadida qo‘shimcha ko‘zda tutilmagan xarajatlarni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish tavsiya etilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Paxta terimida fidoyilik ko‘rsatgan yoshlar arzon uy-joy bilan ta’minlanadi