16:20 / 13.11.2017
6 495

Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi kutilmoqda

Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi kutilmoqda
Ayni vaqtda hukm surayotgan iliq ob-havo yaqin kunlarda o‘z o‘rnini salqin havoga bo‘shatib beradi. Shu haftada O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi kutilmoqda.

15 noyabrdan harorat +11...+13 darajagacha tushadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahri va Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida harorat kechasi 2 darajagacha sovub ketadi.

Ayni vaqtda hududlarda harorat o‘rtacha 15–20 daraja iliq. Toshkent shahrida esa harorat 18–20 daraja iliqni tashkil etadi.

Avval xabar berganimizdek, bu yil issiqlik ta’minoti avvalgi yillarga nisbatan kechroq ishga tushishni boshladi. Bu yilgi kuz ham ancha iliq bo‘lganligi barchamizga ma’lum.

10 noyabrdan boshlab sinov tariqasida ijtimoiy soha ob’ektlarida, 12 noyabrdan esa turar-joy binolarida issiqlik tizimi ishga tushishi haqida xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi kutilmoqda