17:40 / 22.02.2015
8 434

Maldiv sobiq prezidenti terrorchilikda ayblanib hibsga olindi

Maldiv sobiq prezidenti terrorchilikda ayblanib hibsga olindi

Maldiv polisiyasi mamlakatning sobiq prezidenti, hozirgi vaqtda esa muxolifat etakchisi hisoblangan Muhammad Nashidni hibsga oldi. Bu haqda Minivan News xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, Nashid terrorchilikda ayblanmoqda.

Hozirgi vaqtda sobiq prezidentning qarorgohi oldida uning tarafdorlari olomoni to‘plangan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari va polisiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bermoqda.

Muhammad Nashid 2008 yili bo‘lib o‘tgan mamlakat tarixidagi ilk demokratik saylovlarda g‘olib chiqqandi.

2013 yil noyabrida esa Yamin Abdul Qayum – sobiq prezident Ma’mun Abdul Qayumning ukasi prezidentlik vakolatini bajarishga kirishgan edi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maldiv sobiq prezidenti terrorchilikda ayblanib hibsga olindi