11:52 / 23.02.2015
7 247

JARda oltin konida chiqqan yong‘in tufayli 486 konchi er ostida qolib ketdi

JARda oltin konida chiqqan yong‘in tufayli 486 konchi er ostida qolib ketdi

Janubiy Afrika Respublikasida 22 fevral kuni “Xarmoni” kompaniyasiga tegishli “Kusasaletu” oltin konida yong‘in chiqqanligi sababli 486 nafar konchi er ostida, 2300 metr chuqurlikda qolib ketdi. Xabar berilishicha, ulardan 287 nafari maxsus xavfsiz joylarda berkinib olishga muvaffaq bo‘lishgan.

“Ular suv, toza havo zaxiralari va telefon aloqasiga ega”, deb xabar berildi kompaniyada. Yana 200 konchining taqdiri haqida hech narsa ma’lum emas.

Xabar qilinishicha, bu yong‘in ta’mirlash ishlari davomida chiqqan. Ayni paytda konning shamollatish tizimi to‘xtatib qo‘yilgan, konchilarni qutqarish uchun ettita qutqaruvchilar brigadasi yuborilgan.

Ma’lumot uchun, “Kusasaletu” koni mamlakat poytaxti joylashgan Xauten viloyatining Karletonvil oltin qazib olinuvchi tumanida joylashgan.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JARda oltin konida chiqqan yong‘in tufayli 486 konchi er ostida qolib ketdi