17:06 / 24.02.2015
7 285

Ukraina BAA bilan harbiy-texnik hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaydi

Ukraina BAA bilan harbiy-texnik hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaydi

Ukraina Vazirlar Mahkamasi Ukraina va BAA hukumatlari o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini ma’qulladi.

Ukraina hukumatining 23 fevraldagi farmoyishiga binoan, bosh shtab boshlig‘i, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Viktor Mujenkoga bu kelishuvni imzolash vakolati berildi.

Ukraina Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 fevraldagi “Ukraina Vazirlar Mahkamasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik haqidagi kelishuvni imzolash to‘g‘risidagi” farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Avvalroq xabar berilgandek, Ukraina prezidenti 23-24 fevral kunlari ishchi tashrif bilan BAAga kelgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina BAA bilan harbiy-texnik hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaydi