10:35 / 28.02.2015
7 589

Moskvada rus muxolifatchilari etakchisi Boris Nemsov o‘ldirib ketildi

Moskvada rus muxolifatchilari etakchisi Boris Nemsov o‘ldirib ketildi

28 fevralga o‘tar kechasi Moskva shahrida mashhur siyosiy shaxs Boris Nemsov yollanma qotillar tomonidan o‘ldirib ketildi. Ayni vaqtda shaharda yo‘llar to‘sib qo‘yilib, jinoyatchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, shaharning Katta Moskvoreskogo ko‘prigida bosqinchilar 4ta o‘q bilan uni o‘ldirishgan va voqea joyidan jo‘nab ketishgan.

Guvohlarning aytishicha bu jinoyatchilar davlat raqami taqilmagan oq rangli mashinada bo‘lishgan.

Voqea joyiga Moskva IIB boshlig‘i Anatoliy Yakuninning shaxsan o‘zi etib borgan hamda vaziyat haqida mamlakat Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokol’sevga axborot bergan.

Muxolifatchilarning yana bir etakchisi Ilya Yashin ham bu ma’lumotni tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Nemsov iqtisodiy inqiroz holatiga qarshi 1 mart kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Vesna” marshi tashkilotchilaridan biri edi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada rus muxolifatchilari etakchisi Boris Nemsov o‘ldirib ketildi