Eron Iroqda «Islom davlati» joylashgan nuqtalarga aviahujum uyushtirdi

  • Dunyo
  • 3-12-2014, 10:52
  • 2 040
  • Eron Iroqda «Islom davlati» joylashgan nuqtalarga aviahujum uyushtirdi

    Eron Iroqdagi «Islom davlati» terroristik guruhi joylashgan nuqtalarga aviazarbalar berdi, deb yozadi «Gazeta.ru» Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbiga tayanib.

    «Bizda ular haqiqatan ham F-4 Phantom qiruvchi samolyotlari yordamida so‘nggi bir necha kun aviahujumlar uyushtirganini tasdiqlovchi dalillar bor», — dedi Kirbi.

    Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh hukumatini Eron bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha hamkorlik qilmaslik haqida ogohlantirgan edi.

    Manba: Daryo.uz

    Яндекс.Метрика