17:32 / 03.03.2015
11 288

Dunyoning eng baxtsiz iqtisodiyotlari reytingi tuzildi

Dunyoning eng baxtsiz iqtisodiyotlari reytingi tuzildi

Bloomberg agentligi tadqiqot o‘tkazib, 2015 yil uchun «baxtsizlik indeksi»ni tuzdi. Unga yashash va ishlash qiyin bo‘lgan, eng zaif iqtisodiyotga ega mamlakatlar kiritildi, deb yozadi «Vestifinance.ru».

«Baxtsizlik indeksi»da ishsizlik darajasi va iste’mol narxlari indeksining o‘zgarishi hisobga olindi.

Jami 51 ta davlatni o‘z ichiga olgan ushbu ro‘yxatning birinchi beshligiga Venesuela, Argentina, JAR, Ukraina va Gresiya kirdi.

Byudjet defisiti yuqori bo‘lgan PIIGS (Portugaliya, Italiya, Irlandiya, Gresiya, Ispaniya) davlatlarining deyarli barchasi ham indeksda yuqori pog‘onalarni «zabt etdi». Ispaniya 6-o‘rin, Portugaliya — 10, Italiya — 11, Irlandiya esa 16-o‘rinni egalladi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng baxtsiz iqtisodiyotlari reytingi tuzildi