19:48 / 07.03.2015
8 073

AQShda okean tubida 150 yildan ko‘proq vaqt yotgan vinoning mazasi tatib ko‘rildi

AQShda okean tubida 150 yildan ko‘proq vaqt yotgan vinoning mazasi tatib ko‘rildi

AQShning Charlston shahrida (Janubiy Karolina shtati) 6 mart kuni okean tubida 150 yildan ko‘proq vaqt yotgan vino solingan idishdagi ichimlikning mazasi tatib ko‘rildi.

Bu vino idishi 4 yil avval 1864 yilda Bermud orollari sohillari yaqinida okean tubiga g‘arq bo‘lgan Mary Celestia kemasidan topilgandi.

Idishda dastavval qanday vino bo‘lganini mutaxassislar aniqlashga qiynalishdi. Biroq, ularning aytishicha, hozirda uning ichida bo‘lgan sarg‘ish-kulrang xira tortgan suyuqlikning mazasi sho‘r suv, benzin va sirka mazasini eslatib yuboradi. Ammo unda sitrus mevalar hamda spirt mazasi ham biroz sezilib turgani aytilmoqda.

Charlstondagi pazandalik festivalida ushbu vino mazasi ta’tib ko‘rildi va bu jarayonni bir necha o‘nlab kishilar kuzatishdi.

“Men avval ham cho‘kib ketgan kemalardan topilgan vinolarni ta’tib ko‘rganman. Ba’zida ularni iste’mol qilsa bo‘ladi. Biroq bu gal emas”, deb aytdi bu tadbirdi ishtirok etgan degustatorlardan biri.

AQShda Fuqarolik urushi (1861-1865 y) avj olgan paytda Konfederasiya armiyasi uchun yuk olib ketayotgan Mary Celestia kemasi marjonqoyalarga urilib, 6 daqiqa o‘tib cho‘kib ketgan. Kema qoldiqlari 151 yildan beri Atlantika okeani tubida yotibdi. Bir necha yil oldin g‘avvoslar kemadan bir nechta vino solingan idishlarni, shu jumladan, 6 mart kuni ochilgan vino idishi, atir solingan idishchalar, bir necha juft ayollar poyabzali, taroq va marvarid tugmalarni olib chiqishgan edi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda okean tubida 150 yildan ko‘proq vaqt yotgan vinoning mazasi tatib ko‘rildi