AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter ma’lum qildiki, Liviy qurolli kuchlari Sirt shahrini IShID jangarilaridan ozod etish arafasida turishibdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatgan, deyiladi "Kun" nashrida.
«Men ular (liviyalik harbiylar) tez vaqt ichida shaharda qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlarni engishini kutayapman», — degan Karter.
U shuningdek, shahar ozod qilinganidan keyin ham AQSh Liviya hukumatiga yordam ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qilgan.
Bundan oldinroq, jangarilarga qarshi Sirtda olib borilgan janglar vaqtida Liviya armiyasining 34 nafar harbiysi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Liviya harbiylari 28 avgust kuni Sirtdagi IShID jangarilariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlagani haqida e’lon qildi. Harbiy harakatlar hududda shu yilning iyun oyida boshlangandi. Ayni vaqtda Liviya qurolli kuchlari jangarilarning katta qismini shahardan surib chiqargan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?