14:14 / 10.09.2016
7 148

Uch nafar turkiyalik tankchi IShIDga qarshi jangda halok bo‘ldi

Uch nafar turkiyalik tankchi IShIDga qarshi jangda halok bo‘ldi

Suriyada jangarilar uch nafar turkiyalik harbiyni o‘ldirdi. Bu haqda 9 sentyabrda Turkiya qurolli kuchlari bayonotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Yana bir turkiyalik harbiy yarador bo‘lgan. Jang tafsilotlari noma’lum. Faqatgina turkiyalik harbiylar tanki jangarilar tomonidan otilgan raketa bilan nishonga urilgani ma’lum qilingan.

O‘z navbatida turkiyalik harbiylar havodan jangarilar tomonidan ishlatiluvchi 4 ta inshootni yo‘q qilishgan.

Bu qurbonlar Turkiya armiyasining Suriya hududidagi janglardagi birinchi qurbonlari emas. 6 sentyabrda Suriyaning Al-Vaqf qishlog‘i yaqinidagi jangda ikki nafar turk askari halok bo‘lgan va yana besh nafari yaralangan. Jangarilar raketa yordamida Ozod Suriya armiyasi otryadlari hujumini qo‘llab-quvvatlagan turk armiyasining ikki tankini nishonga urishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uch nafar turkiyalik tankchi IShIDga qarshi jangda halok bo‘ldi