11:31 / 12.09.2016
6 071

Klinton Rossiyani AQShdagi saylovlarga aralashishda aybladi

Klinton Rossiyani AQShdagi saylovlarga aralashishda aybladi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton Rossiya tomoni AQShdagi saylovoldi kampaniyasiga aralashishga urinmoqda deb aytdi.

Moskvada bunday ayblovlar bir necha marotaba inkor qilib kelingan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQShning istalgan prezident ma’muriyati bilan ishlashga tayyorligini aytgan.

"Putin 2012 yilda prezidentlik lavozimiga qaytganda, fikrimcha, u bosh maqsadi –Markaziy va Sharqiy Evropadan tortib Markaziy Osiyogacha bo‘lgan hududlardagi qo‘shnilari Evropa Ittifoqi va AQSh ta’siriga tushishlarining oldini olish fikri bilan qaytgan. U bunga halaqit qilmoqchi, demokratik saylovlarga aralashamoqchi bo‘lgan. U hozirgi saylovlarda ham shunday qilishga urinmoqda", deb aytdi Kliton CNN telekanaliga bergnan intervyusida.

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bildirilgan ayblovlarni "butkul asossiz gaplar" deb atagan. Peskovning aytishicha, bunday bayonotlar "hech nima bilan asoslanmgan, hech qanday dallilar" keltirilmagan holda berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Klinton Rossiyani AQShdagi saylovlarga aralashishda aybladi