15:40 / 12.09.2016
6 218

Klinton sog‘ligidagi muammo tufayli Kaliforniyaga safarini bekor qildi

Klinton sog‘ligidagi muammo tufayli Kaliforniyaga safarini bekor qildi

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi doirasida Kaliforniyaga uyushtirishi kerak bo‘lgan safarini o‘ziga pnevmoniya tashxisi qo‘yilganidan keyin bekor qildi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

Rejaga ko‘ra Klinton 12 sentyabr kuni Kaliforniyaga borib, bu shtatda 2 kun bo‘lishi kerak edi. U saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish maqsadidagi bu safari davomida iqtisodiyotga bag‘ishlangan nutqlar bilan chiqish qilishi kutilayotgandi.

11 sentyabr kuni Nyu-Yorkda 2001 yilgi terakt qurbonlari xotirasiga o‘tkazilgan xotira marosimi vaqtida Klinton xonim o‘zini juda yomon his qila boshladi. Shundan so‘ng, u marosimni barvaqt tark etdi. U avtomobilgacha mustaqil etib bora olmadi. Nomzodning yiqilayozgani va oyog‘idagi tuflisi tushib qolgani tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Avvaliga uning shtabidagilar buni issiq urishi bilan izohlashgandi.

Ko‘p o‘tmay, shaxsiy shifokor Hillari Klintonda pnevmoniya borligini ma’lum qildi. U bir necha kundan beri nomzod yo‘talayotgani haqida qo‘shimcha qilgan.

6 sentyabr kuni Klinton xonim Ohayo shtatidagi Klivlend shahrida qilgan chiqishi vaqtida yo‘tal tutishi tufayli, 4 daqiqa davomida nutq qila olmay qolgandi. O‘shanda u vaziyatdan chiqish uchun, "Trampni eslasa, allergiyasi qo‘zishi" haqida aytib, hazil qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Klinton sog‘ligidagi muammo tufayli Kaliforniyaga safarini bekor qildi