12:29 / 13.09.2016
6 801

OAV: Eron AQSh ayg‘oqchi samolyotlarini urib tushirish bilan tahdid qildi

OAV: Eron AQSh ayg‘oqchi samolyotlarini urib tushirish bilan tahdid qildi

Eron 10 sentyabr kuni o‘z chegarasi yaqinidan uchib o‘tgan AQShning ikkita ayg‘oqchi samolyotini urib tushirish bilan tahdid qilgan, deb xabar qilmoqda Fox News telekanali o‘z manbasiga tayangan holda.

Shanba, 10 sentyabr kuni Amerikaning bortida 9 kishi bo‘lgan P-8 Poseidon hamda 24 mutaxassis bo‘lgan EP-3 Eries razvedka samolyotlari Eron sohillaridan 13 mil uzoqlikda uchib o‘tgan. Quruqlikdan dengizning 12 miligacha bo‘lgan hududi Eron chegarasi hisoblanadi. Eron tomoni parvozlar vaqtida ularga urib tushirish bilan tahdid qilgan. AQSh samolyotlari ularning ogohlantirishiga e’tibor bermay, xalqaro havo kengligida parvozini davom ettirgan.

Amerika hukumatidagi manbaning telekanalga ma’lum qilishicha, ular shu bilan Eron reaksiyasini sinagan.

Voqeadan so‘ng, Amerika tomoni Eronning hatti-harakatlarini «noprofessional» deb baholagan, biroq mazkur voqeani xavfsiz deb hisoblaydi, chunki ularning ixtiyoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Eron mazkur hududda havo hujumidan mudofaa vositalariga ega emas.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Eron AQSh ayg‘oqchi samolyotlarini urib tushirish bilan tahdid qildi