Amerika HHKning B-1 Lancer rusumli ikkita reaktiv strategik bombardimonchi samolyoti KXDR yadro sinovini o‘tkazgach, Janubiy Koreya hududi ustida parvoz qilgan, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Samolyotlar ikki Koreya o‘rtasidagi demilitizasiya qilingan chegaradan 77 km va poytaxt Seuldan 40 km uzoqlikda joylashgan Osan shahridagi aviabazadan havoga ko‘tarilgan va qisqa balandlikda parvoz qilgan. Bombardimonchi samolyotlarni AQSh va Koreya qiruvchi samolyotlari kuzatib borgan.
Xabar qilinishicha, parvozlar KXDR yadro sinovidan so‘ng, mintaqadagi keskinlik kuchaygan bir vaqtda Qo‘shma Shtatlarning Janubiy Koreya bilan birdamligini namoyish etish maqsadida amalga oshirilgan.
Avvalroq, Janubiy Koreya o‘ziga nisbatan bevosita yadroviy tahdid bo‘lsa, «Pxenyanni er yuzidan supurib tashlash» bilan dag‘dag‘a qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi