15:32 / 14.09.2016
6 365

Putin MDH sammitida ishtirok etadi

Putin MDH sammitida ishtirok etadi

RF prezidenti Vladimir Putin 16 sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari Kengashining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tajak navbatdagi majlisida qatnashadi, deb xabar qilmoqda Kreml ma’muriyati matbuot xizmati.

"MDH tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan davlat rahbarlari ushbu davlatlararo tashkilot faoliyatini tahlil qilishadi, uni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishadi".

Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tajak sammit natijalariga ko‘ra, "xalqaro terrorizmga qarshi kurash, giyohvand moddalar muammosi, MDH 25 yilligi va Nyurnberg tribunali yakunlanganining 70 yilligi munosabati bilan ko‘ptomonlama hujjatlar qabul qilinadi".

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin MDH sammitida ishtirok etadi