Xitoy mamlakat hududida ob-havoni keng miqyosda boshqarishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
Mutaxassislar Tibet tog‘ligi ustida sun’iy bulutlarni yaratish jarayonini ishga tushirishni taklif qilishmoqda. Bu yiliga 5 mlrd kub metrdan ko‘proq suv yaratishga imkon beradi. Yomg‘irlar Xuanxe daryosi havzasini to‘ldirishi kerak.
Xitoylik olimlar tomonidan o‘tkaziladigan bu loyiha bo‘yicha ishlarning texnik-iqtisodiy asoslanishini Sinxay viloyati rahbariyati moliyalashtirmoqda. Viloyatning joriy besh yilligida ob-havoni boshqarish rejasi birinchi o‘rinda turibdi.
"Atmosferadagi chegara qatlami va troposfera orasida suv bug‘ini tashish uchun barqaror, tartiblashgan va "Osmon daryosi" deb nomlangan kanal mavjud", deb aytmoqda Sinxay universiteti prezidenti Van Guantyan.
Suvni ushlab olish uchun olimlar atmosferaga raketa va samolyotlar yordamida etkaziladigan kimyoviy moddalarni qo‘llashni taklif qilishmoqda. Ob-havo sharoitini tezkor kuzatish uchun orbitaga maxsus yo‘ldosh uchirish taklif qilinmoqda.
Ob-havoni boshqarishni hamma olimlar ham ma’qullashmayapti. Sinxua universiteti (Pekin) iqlimshunosi, professori Lo Yunning ta’kidlashicha, u biror marta "Osmon daryosi" mavjudligini eshitmagan. Qolgan mutaxassislar esa Guantyan bu atama ostida havodagi suv bug‘ining tor oqimini nazarda tutishini aytishmoqda. Yun, shuningdek, insonning bunday katta ko‘lamda ob-havoni boshqara olishga qodirligiga gumon bildirmoqda.
Xitoy markaziy qismining g‘arbida joylashgan Sinzay viloyati Xitoyning eng qurg‘oqchil hududlaridan hisoblanadi. Hududda Yanszi, Xuanxe va Mekong kabi yirik daryolarning boshlari joylashgan. Erlarning qurib ketishiga qarshi kurashish maqsadida Xitoy ikki yil avval Yanszi daryosi suvlarini shimol tomonga yo‘naltirishni boshlagandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi