Sputnik Qirg‘iziston nashri Almazbek Atambaev tomonidan uning davlat rahbari sifatida 5 yillik faoliyati davomida aytilgan eng «jo‘shqin» jumlalarini to‘pladi.
— Men-ku, mayli, yaqinda 60 ga to‘laman, o‘lishdan qo‘rqmayman.
— Men nima deyman? Kamchiliklarim juda ko‘p, afsus… Onam meni shunday tuqqan.
— Hayvonlar — bu yaxshi. Bu yordam beradi. Agar imkon bo‘lsa, uyda hayvon ushlash kerak. Bu hayot «chandiq»laridan qisman xalos bo‘lishga xizmat qiladi.
— Sizning asosiy vazifangiz — yoshlik yillarini isrof qilish emas, balki iloji boricha ko‘proq ilm va tajriba orttirishdir. Bugun siz o‘z hayotingiz poydevorini quryapsiz. Yomon poydevordan yaxshi uy qurib bo‘lmaydi.
— Men ko‘cha supuruvchi, o‘t yoquvchi, yuk tashuvchi va sug‘oruvchi bo‘lib ishlaganman. Mehnatning aybi yo‘q. O‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan o‘g‘ri-vazir bo‘lgandan ko‘ra, farrosh yoki ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan afzal.
Hech qachon mehnatdan or qilmang! — Men baribir ketyapman, ortimdan nima desangiz ham mayli. —
Atambaevning o‘zi ham, farzandlari ham, uning yaqinlari ham o‘g‘rilik qilmaydi. O‘g‘ri bo‘lishganda shaxsan o‘zim qamoqqa tiqardim.
— Nafaqaga chiqqanimda, to‘yib uxlayman, mutolaa bilan mashg‘ul bo‘laman. Bir umr pianino chalishni o‘rganishni orzu qilganman. Davlatimizni kuzataman. Siyosatdan iloji boricha uzoqroq yurishga harakat qilaman.
— Mana shunday vaziyat eyshn.
— Xuddiki sassiq, juda ham sassiq axlatni bosib olganday his qilyapman o‘zimni…
— Din mohiyati — bu ezgulik. Boshingizga kerak bo‘lsa etik kiyib yurmaysizmi, faqat hech kimni portlatmang…
Almazbek Atambaev
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi