11:03 / 10.03.2015
6 860

Putin xorijda pul saqlashi taqiqlanadigan mansabdorlarning ro‘yxatini tuzishga buyruq berdi

Putin xorijda pul saqlashi taqiqlanadigan mansabdorlarning ro‘yxatini tuzishga buyruq berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin federal muassasalar va davlat korporasiyalari rahbarlariga uch oylik muddatda xorijiy banklarda pul saqlashi va xorijiy moliyaviy instrumentlarga ega bo‘lishi taqiqlanadigan lavozimlar ro‘yxatini ishlab chiqishni va tasdiqlashni buyurdi. Putinning buyrug‘i rasmiy huquqiy axborot portalida 9 mart kuni joylashtirilgan.

Bu ro‘yxatga alohida ahamiyatga ega axborotlarga ruxsati bor, oliy toifaga kiruvchi federal darajadagi davlat xizmatchilari kiritilishlari lozim.

Rossiyada 2013 yilning may oyida yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslarga, parlament a’zolariga, sudyalarga, huquqni muhofaza qilish muassasalari xodimlariga, harbiy xizmatchilarga va bir qator boshqa davlat xizmatchilariga xorijda hisob raqamiga ega bo‘lishni taqiqlovchi qonun kuchga kirgan.

Bu qonunga ko‘ra, bunday hisob raqamlariga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar o‘z lavozimlariga o‘tirganlaridan keyin uy oy ichida xorijdagi hisob raqamlarini bartaraf etishlari shart. Qonun kuchga kirgandan keyin shunday hisob raqamlariga ega bo‘lgan amaldagi mansabdor shaxslar ham xuddi shunday qilishlari kerak edi.

Qonunga amal qilmaganlar “muddatidan oldin vakolatini to‘xtatish, lavozimidan ozod etilish yoki ishonchni yo‘qotgani sababli iste’foga chiqish” kabi ma’muriy javobgarliklarga tortilardi.

Xorijiy hisob raqamlarni bartaraf etish lozim bo‘lgan muddat 2013 yilning 18 avgustida o‘z nihoyasiga etgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin xorijda pul saqlashi taqiqlanadigan mansabdorlarning ro‘yxatini tuzishga buyruq berdi