Germaniyada “Merkel ensiklopediyasi: A dan Ya gacha” deya nomlangan kitob chop etildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti. Germaniya kansleri Angela Merkel haqidagi kitob muallifi Berlindagi “Reuters” agentligi muxbiri Andreas Rinke bo‘lib, u 16 yil davomida kanslerning hayotini kuzatib borgan. Muallif aslida mutaxassisligi bo‘yicha tarixchi ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu kitob siyosat olamida nafaqat mashhurlikka erishish, balki dunyo hamjamiyatidagi siyosatchilar uchun ham muhim manba bo‘lishini taxmin qilish mumkin.
447 sahifadan iborat kitob Angela Merkelning siyosat olamidagi faoliyati hamda shaxsiy hayoti borasidagi muhim va qiziq faktlar, voqea va tafsilotlar haqida hikoya qiladi. Bu kitobni o‘qigan har qanday kishi “Angela Merkel kim?”, degan savolga batafsil javob topa oladi.
Ko‘plab davlat arboblari Angela Merkelning ayol bo‘lishiga qaramasdan siyosat olamida mustahkam o‘ringa egaligini tan olishgan. Yangi “Merkel ensiklopediyasi” kitobi Angela Merkel xonimning inson sifatida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan asosiy hislatlarini kashf etishga yordam beradi.
Kitob 21 sentyabrdan Germaniyada sotuvga chiqqanligi haqida ma’lum qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?