10:04 / 24.09.2016
6 006

Kongoda aeroportga hujum qilinishi oqibatida 40 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Kongoda aeroportga hujum qilinishi oqibatida 40 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasining markaziy qismida joylashgan Kananga shahri aeroportiga mahalliy qabila sardori tarafdorlarining hujumi oqibatida 40 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda 24 sentyabrda AFP axborot agentligi ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.

"Biz xavfsizlik kuchlari tomonidan 7 kishi va hujum qilganlar tomonidan 40 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumotga egamiz", deb aytdi mahalliy ma’muriyat vakili.

Ta’kidlanishicha, Kanangada tartibsizliklar 22 sentyabrda qabila sardori tarafdorlari mahalliy aeroport hududida xavfsizlik kuchlariga hujum qilganlaridan keyin boshlangan.

Ayni vaqtda to‘qnashuvlar tugagan, deb aytdi mamlakat hukumati vakili.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kongoda aeroportga hujum qilinishi oqibatida 40 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi