12:12 / 24.09.2016
7 240

OAV: Pokistonda avtobusning jarga qulashi oqibatida 20 dan ziyod kishi halok bo‘ldi

OAV: Pokistonda avtobusning jarga qulashi oqibatida 20 dan ziyod kishi halok bo‘ldi

Kashmirning Pokiston nazoratidagi Muzaffarobod shahrida mikroavtobusning tog‘ yo‘lidan qulab ketishi oqibtida 23 kishi halok bo‘ldi. Avtobus daryoga 100 metr balandlikdan qulagan. Bu haqda mahalliy hukumat xabariga asoslanib, Agence France-Presse xabar bermoqda, deyiladi "Kun" nashrida.

"Fojia sabab 23 kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohatlandi", - dedi agentlikka mahalliy amaldorlardan biri. Uning ma’lum qilishicha, hozirga qadar faqat uch jasadni topishga muvaffaq bo‘lingan, qolganlarini daryo oqizib ketgan bo‘lishi mumkin.

Pokistonda yo‘l transporti hodisalari juda ko‘plab uchraydi. Bunga sabab avtoulovlardagi texnik nosozliklar etib ko‘rsatiladi. Yana bir sabab mahalliy aholi vakillarining avtoulov boshqarishda o‘quvsizligidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Pokistonda avtobusning jarga qulashi oqibatida 20 dan ziyod kishi halok bo‘ldi