16:06 / 06.10.2016
6 719

2016 yil Qozog‘istonda transport xizmati 4 foizga pasayishi prognoz qilindi

2016 yil Qozog‘istonda transport xizmati 4 foizga pasayishi prognoz qilindi

Qozog‘iston parlamenti senati (yuqori palata) deputatlari mamlakatning 2016-2018 yillardagi byudjetiga o‘zgartish kiritilganini tasdiqlashdi. Joriy yilning sentyabr oyi yakunida parlamentning quyi palatasi ham ushbu qonun loyihasini tasdiqlashgan edi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Qozog‘iston hukumati 2016 yil makroprognoziga oydinlik kiritishgan edi. Neftning o‘rta yillik bahosi barreliga 30 dollardan 35 dollarga qadar oshgan. Shuningdek, milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbaevning so‘zlariga ko‘ra, neft qazib olish ishlari 74 million tonnadan 75,5 million tonnaga oshgan.

2016 yilgi YaIM hajmi avval prognoz qilingan daraja — 0,5 foizda qoldi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining o‘sish darajasi 2016 yilda 3,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Sanoat mahsulotlari esa 1,7 foizga tushishi mumkin. Savdo hajmi 3,5 foiz, transport xizmati esa 4 foizga pasayishi prognoz qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2016 yil Qozog‘istonda transport xizmati 4 foizga pasayishi prognoz qilindi