13:44 / 11.03.2015
11 039

Ramzan Qodirov o‘z maoshini 10 foizga kamaytirdi

Ramzan Qodirov o‘z maoshini 10 foizga kamaytirdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikadagi rahbar xodimlar maoshlarini qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda u o‘z Instagram’ida aytib o‘tdi.

Checheniston Respublikasi rahbari, hukumat raisi, deputatlar, vazirlar, ularning o‘rinbosarlari va boshqa idoralarning ularga teng bo‘lgan xodimlari bundan buyon oyiga avvalgidan 10 foizga kam maosh oladi.

«G‘arb davlatlari va AQSh sanksiyalar orqali Rossiyaning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir o‘tkazmoqchi. Bu bilan hech narsaga erisha olishmaydi. Biz Rossiya rahbariyati pozisiyasini qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz. Men bosh vazirga boshqa xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishni topshirdim», — deya qayd etdi Qodirov.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov o‘z maoshini 10 foizga kamaytirdi