Anqarada portlash amalga oshirildi

  • Dunyo
  • 8-10-2016, 13:09
  • 1 045
  • Anqarada portlash amalga oshirildi

    Bugun, 8 oktyabr soat 06:00da Anqarada polisiya operasiyasi vaqtida taslim bo‘lishi aytilishi bilan ikki nafar terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

    Aytilishicha, terroristlar yo‘ldagi avtomobil yordamida terakt uyushtirishni reja qilgan. Polisiya xodimlari ularni qurshab olgan va taslim bo‘lishni buyurgan. Terroristlar esa o‘zlarini portlatgan.

    Xavfsizlik xizmati vakillari orasida jarohatlanganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot yo‘q.

    Anqara gubernatori Erjan Topaja bu hodisa borasidagi ma’lumotni tasdiqladi. Uning aytishicha, terroristlardan birining shaxsi aniqlangan, ikkinchisi ayol kishi bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Shuningdek, gubernator uchinchi jangarini qidirish ishlari boshlanganini ham aytib o‘tdi.

    Topaja voqea joyidan portlovchi moslama tayyorlashda ishlatiladigan 200 kg modda topilganini ham ta’kidladi.

    Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni Istanbuldagi polisiya qarorgohi oldida uyushtirilgan teraktni “Kurdiston ozodligi lochinlari” Kurdiston milliy qurolli harakati o‘z bo‘yniga olgan edi.

    loading...
    Яндекс.Метрика