Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali amalga oshirilgan qotillik ayni vaqtda butun internet tarmog‘i orqali tarqalmoqda. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi. Turkiya Usmoniy provinsiyasida istiqomat qiluvchi 22 yoshli Erdo‘g‘an Seren ismli yigit ijtimoiy tarmoqda shaxsiy sahifasi orqali chiqish qilib, o‘z joniga qasd qildi.
O‘z joniga onlayn efirda qasd qilgan Seren so‘nggi so‘zlarini o‘zi sevgan qizga bag‘ishladi:
“Bizning muhabbatimiz afsona bo‘ladi. Bizning ko‘zlarimiz yosh to‘kmaydi. Muhabbat, ayt, sen ketayapsanmi? Mening qo‘llarim sensiz olov ichidadir...”
Ayni izohni qoldirar ekan, Seren kameraga qarata shunday dedi:
“O‘z jonimga qasd qilaman, deb aytgan gapimga hech kim ishonmagandi. Endi esa buni o‘zingiz ko‘ring”.
Onlayn-izoh qoldiruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Seren jiyani va singlisi bilan birga tushgan suratini o‘z sahifasiga joylashtirganidan so‘ng, bir necha soat o‘tib o‘z joniga qasd qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘anning familiyadoshlaridan yana biri bo‘lmish biznesmen Erdo‘g‘anga shu yilning avgust oyida Moskvada o‘g‘rilar hujum qilishgandi. O‘g‘rilar uning uyidan 30 million rubl miqdorigi pulni o‘marib ketishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi