AQSh prezidentligiga nomzodlar debatining ikkinchi turida Hillari Klinton Donald Trampdan sakkiz foizga ilgarilab ketdi. Bu haqda Reuters agentligi va Ipsos kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari guvohlik beradi.
Debatlarga qadar demokratlardan nomzod besh foizga oldinda edi.
Tadqiqotga ko‘ra, Hillarining bu farqni yanada mustahkamlashiga Tramp ayollarni haqoratlagan videoyozuvning e’lon qilinishi sabab bo‘ldi. Ikki nomzodning tortishuvini tomosha qilganlarning aksariyati milliarderning tushuntirish va o‘zini oqlashini ishonchli emas deb topdi.
Boshqa so‘rovlarning guvohlik berishicha, debatlarning aksariyat tomoshabinlari 44 foizdan 57 foizgacha Klinton uchun ovoz bergan, Trampni g‘olib deb ovoz beruvchilar soni esa 34 foizni tashkil etgan.
Teledebatlarning ikkinchi raundi 9-oktabr kuni Sent-Luisdagi (Missuri shtati) Vashington universitetida bo‘lib o‘tdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi