18:36 / 11.03.2015
6 925

Rossiya va KXDR 2015 yilni “Do‘stlik yili” deb e’lon qilishdi

Rossiya va KXDR 2015 yilni “Do‘stlik yili” deb e’lon qilishdi

2015 yilda Shimoliy Koreya mustaqillikka erishganiga hamda Rossiyaning Ikkinchi Jahon Urushidagi g‘alabasiga 70 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Rossiya va KXDR 2015 yilni “Do‘stlik yili” deb e’lon qilish haqida kelishib olgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar tarqatgan.

“Do‘stlik yili” doirasida delegasiyalar almashishni yo‘lga qo‘yish, milliy tashkilotlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish, Pxenyan, Moskva va boshqa shaharlarda hamkorlikda madaniy tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

korrespondent.net nashrida aytilishicha, Rossiya rasmiylari tomonidan bu axborotga hozircha sharh berilmagan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va KXDR 2015 yilni “Do‘stlik yili” deb e’lon qilishdi