16:50 / 14.10.2016
7 547

Putin Suriyaga aviyasiyani shoylashtirish haqidagi qonunni imzoladi

Putin Suriyaga aviyasiyani shoylashtirish haqidagi qonunni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlari aviasiya guruhini joylashtirish haqidagi Suriya bilan kelishuvni ratifikasiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Suriyada harbiy aviasiyani joylashtirish haqidagi kelishuv muddatsiz bo‘lib, imzolangan paytdan boshlab qo‘llaniladi.

7-oktabr kuni Davlat dumasi Suriya hududiga aviaguruhni muddatsiz joylashtirish haqidagi Rossiya—Suriya kelishuvini ratifikasiya qildi. Kelishuv 2015-yilning 26-avgustida Damashqda imzolangan edi.

Kelishuv matnida keltirilgan shartlarga ko‘ra, aviasiya guruhining tarkibini Suriya hukumati bilan kelishgan holda Rossiyaning o‘zi belgilaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Suriyaga aviyasiyani shoylashtirish haqidagi qonunni imzoladi