14:50 / 15.10.2016
6 524

Yamanning Mag‘rib viloyatidagi terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Yamanning Mag‘rib viloyatidagi terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Yaman poytaxti Sano sharqidagi terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Portlash Mag‘rib viloyatining shu nomli ma’muriy markazida ro‘y berdi. Qo‘lbola bomba bundan bir necha kun avval halok bo‘lgan mamlakat qurolli kuchlari 3-harbiy okrugi qo‘mondoni, general-mayor Abd Rabbo ash-Shaddodiyni xotirlash marosimi o‘tkazilayotgan chodirda sodir bo‘ldi.

Marosimda mahalliy rasmiylar va armiya qo‘mondonligi vakillari qatnashgan. Halok bo‘lganlar orasida marosimni tashkil etgan generalning akasi ham borligi bildirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yamanning Mag‘rib viloyatidagi terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi