12:38 / 18.10.2016
7 785

Butun dunyoda shirin ichimliklar uchun soliq ko‘tariladi

Butun dunyoda shirin ichimliklar uchun soliq ko‘tariladi

Har yili dunyo bo‘ylab 11 oktyabr kuni “Xalqaro ortiqcha vazn kuni” o‘tkazilishi belgilangan. Joriy yilda ham Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu sanaga bag‘ishlangan hujjatni taqdim etdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.

Mazkur hujjatda tashkilot shirin ta’mli ichimliklarga qo‘yilgan soliq miqdorini 20 foizga oshirishni taklif qildi. Soliqlar ko‘rsatkichining oshishi ularning iste’moliga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu orqali insonlar bunday ichimliklarni 20 foizga kam sotib oladilar.

Bu tajriba Meksika misolida ko‘rib chiqilgani qayd etildi. 2 yil avval, Meksikada shirin ta’mli ichimliklar uchun soliq 10 foizga ko‘tarilgandi, natijada yil oxirigacha bunday ichimliklarning sotilish darajasi 6 foizga tushgan.

JSST hujjatida qayd etilishicha, alkogolsiz, mevali sharbat va energetik ichimliklar, shuningdek, aromatizator qo‘shilgan sutli ichimliklar ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida bunday ichimliklar ortiqcha vazn yuzaga kelishiga ham sabab bo‘ladi.

So‘nggi 35 yil ichida dunyo bo‘ylab ortiqcha vaznga ega bo‘lgan kishilar soni deyarli ikki baravarga oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Butun dunyoda shirin ichimliklar uchun soliq ko‘tariladi