Angliyalik yigit sevgan qizi uchun Islom dinini qabul qildi. Gap shundaki, familiyasi sir tutilayotgan Ibragim ismli yigit qallig‘i Janna bilan Olma-Otadan Abu-Dabiga parvoz qilayotgan samolyotda tanishgan. Janna “Etihad Airways” aviakompaniyasida styuardessa bo‘lib ishlar edi. Ibragim va Jannaning o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy tus olgach, Ibragim qizga turmush qilish taklifini bildirgan. Uning boshqa din vakili ekanini nazarda tutgan holda qiz yigitga rad javobini bergan. Ibragim esa Jannaga uylanish uchun islom dinini qabul qildi. Bu haqda “Qalampir.uz” yozmoqda.
“Mening turmush o‘rtog‘im angliyalik. Uning ismi Ibragim. Biz otam va yana 4 kishi guvohligida turmush qurdik. Bizga nikoh tuzilgani haqidagi xujjatni ingliz va arab tillarida to‘ldirib berishdi. To‘y marosimi Fors ko‘rfazi yonidagi Shay Zayd masjidi yonidagi Shangri-La mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Xursandchilik kunimizda 200 dan ortiq mehmonlarga mezbonlik qildik. Ular ichida 25 millat vakillari bor edi”, edi deydi juftlik.
Ayni damda Ibragim va Janna Abu-Dabida istiqomat qilishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?