12:28 / 29.10.2016
12 610

NASA: 15 noyabr kunduzgi 03.00 dan er yuzini zulmat qoplaydi

NASA: 15 noyabr kunduzgi 03.00 dan er yuzini zulmat qoplaydi

NASA 2016 yil noyabr oyida ketma — ket 15 kunga er yuzini zulmat qoplaydi deya da’vo qilmoqda.

So‘nggi yillarda ko‘plab davlatlar sayyoramiz va undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida turli taxminlar bilan chiqishdi, hech biri o‘z tasdig‘ini topishga muvaffaq bo‘lmadi. Lekin bu safar NASA 15 29- noyabrgacha 15 kun davomida er sayyorasi to‘liq zulmatda bo‘lishini tasdiqladi.

NASAdagilarning aytishicha, bu hodisa uzoq vaqt davomida tortishuvga sabab bo‘lgan. Oxir oqibat ular «Dunyo 15- noyabr kunduzi 3:00 dan, 30 — noyabr tonggi 4:45 gacha g‘alati voqeani boshdan kechiradi”, deya xabar berishdi.

Mutaxassislar zulmatni Venera va Yupiter o‘rtasidagi astronomik hodisa sabab deb hisoblashmoqda. NASA rahbari Charles Bolden maxsus Oq uy uchun kutilayotgan zulmat hodisasi haqida 1000 varaqdan iborat hujjat tayyorlagan.

Hisobotlarga ko‘ra Venera va Yupiter bir-biriga juda yaqin keladi va ular orasida faqatgina 1 gradus masofa qoladi. Venera Yupiterni janubi-g‘arbidan o‘tadi, bu esa Venera Yupiterdan 10 marta ko‘p charaqlashiga olib keladi. Bu nur Yupiterdagi gazlarni yonishiga olib keladi. Natijada, gaz katta miqdorda vodorod chiqaradi, vodorod quyosh bilan redaksiyaga kirishish vaqti erda 2:50 larga to‘g‘ri keladi.

Vodorod quyosh yuzasida nihoyatda kuchli portlashga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z o‘rnida quyosh haroratini 9000 gradusgacha ko‘tarilishiga olib keladi.

Bunday katta harorat ta’sirida quyosh rangi ko‘kimtir tusga kiradi. Alvon rangiga qaytishi uchun 14 kun kerak bo‘ladi.

Charles Bolden fikricha xavotirga o‘rin yo‘q, havo harorati 6 8 gradusga ko‘tarilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA: 15 noyabr kunduzgi 03.00 dan er yuzini zulmat qoplaydi