00:09 / 08.11.2016
30 965

Yamanda yangi turmush qurgan 8 yoshli qiz 40 yoshli erkak qo‘lida jon berdi.

Yamanda yangi turmush qurgan 8 yoshli qiz 40 yoshli erkak qo‘lida jon berdi.

Yamanda 8 yoshli qiz turmushga chiqqach, jinsiy aloqadan so‘ng ertasigayoq ichki a’zolarning shikastlanishi bilan vafot etdi, deya yozmoqda Mulohaza.uz sayti.

Inson huquqlari tashkiloti qizdan 5 barobar katta erini qamoqqa olishlarini talab qilmoqda.

Livan gazetasida yozilishicha, voqea Yamanning Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh Xard provinsiyasida sodir bo‘lgan. Bu yana Yaqin sharqda erta va majburiy nikoh mavzusiga dunyo e’tiborini tortdi.

BMT tashkilotining hisob-kitobiga ko‘ra, shu alfozda Yaqin Sharqda 2011 2020 gacha 140 million qizlar bolalik chog‘idayoq erkaklar hirsi yo‘lida o‘ljaga aylanadi. Bundan tashqari o‘sha 140 million qizlarning 50 millioni hali 15 ga ham to‘lmagan bo‘ladi.

Yamanda 25 % dan ortiq qizlar 15 yoshga ham to‘lmay turmushga uzatiladi. Ular oddiy odamlardek, tibbiy xizmatdan foydalanish va ta’lim olish huquqlaridan butunlay mahrumlar… Turmushga chiqib ham jismonan, ham ruhiy azoblanishga majburlar.

Eng achinarlisi, «bola» degan umumiy tushunchaning o‘zi yo‘q! Mamlakat ichida turli dunyoqarash mavjud, lekin bola huquqlari degan tushuncha yo‘q.

Joriy yilning 18 fevralida Yamanda qizlar uchun turmush qurish yoshini 17 yosh deb belgilagan edi. Biroq ming afsuslar bo‘lsinki, buni konservantlar “antiislom”, islomga to‘g‘ri kelmaydi deya baholashmoqda.

Ziyoda Ziyaeva tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yamanda yangi turmush qurgan 8 yoshli qiz 40 yoshli erkak qo‘lida jon berdi.