Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim AQShning yangi prezidenti – Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi. Tabrik so‘zi bilan birga Yildirim Fathulloh Gulen masalasiga ham alohida urg‘u berib o‘tdi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Binali Yildirim terrorchi Fathulloh Gulenni mamlakatga qaytarib berishlarini so‘radi. Uning aytishicha, Gulenning harakati Vashington va Anqara munosabatlariga salbiy ta’sir etadi.
“AQSh tez orada Gulenni bizga topshirsa, aminmanki, AQSh va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yangi sahifasi ochiladi”, deya Binali Yildirim o‘z so‘zini yakunlagan.
Avvalroq, Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi, qolaversa, Rajab Toyib Erdo‘g‘an rasmiy ravishda Fathulloh Gulenni qo‘lga olishni so‘rab, AQShga murojaat etgan.
Istanbul sudi esa Fathulloh Gulenni qo‘lga olish haqida allaqachon qaror chiqargan.
Xabaringiz bor, joriy yilning 15 iyul kuni Turkiyadadavlat to‘ntarishi uyushtirilgan edi. Tartibsizlik yuzlab kishilarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yuzaga kelgan vaziyatda Fathulloh Gulenning qo‘li borligini ma’lum qilgan. Hozirgacha Turkiya Respublikasi favqulodda vaziyat holatida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Toshkentda yig‘ilgan tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi