21:14 / 10.11.2016
8 366

Yadro urushining oqibati videoda namoyish etildi

Yadro urushining oqibati videoda namoyish etildi

Hindiston va Pokiston o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan yadro urushi dahshatli oqibat keltiradi. Ko‘tarilgan tutun va qurum quyosh nurini to‘sadi, dunyo iqlimi sovub ketadi.

Bu haqda YouTube saytidagi Life Noggin kanali videolavha namoyish qildi.

Ikkala davlatning yadroviy arsenalidagi yuzlab bombalarning har biri Xirosimada portlagan bomba darajasida vayronalik kelitirishga qodir. Stratosferaga ko‘tarilgan chang buluti er kurrasiga tushayotgan quyosh nurini to‘sgach, “Toj-taxt fitnalari” serialidagi singari qahraton qish kirib keladi. Bundan tashqari stratosfera isishi natijasida ozon qatlami yupqalashib, qishloq xo‘jaligiga qattiq zarba etadi. Videolavha mualliflarining aytishicha, iqlimning sovushi besh yil davom etsa, emirilgan ozon qatlami tiklanishi uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi.

Tomosha qiling

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yadro urushining oqibati videoda namoyish etildi