12:39 / 14.11.2016
7 303

Xitoy rahbari Tramp bilan muloqotda: Xitoy va AQSh ko‘p sohalarda hamkorlik qilishi mumkin va kerak

Xitoy rahbari Tramp bilan muloqotda: Xitoy va AQSh ko‘p sohalarda hamkorlik qilishi mumkin va kerak

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Jinping ilk marta telefon muloqoti o‘tkazishdi.

Kun.uz nashrining yozishicha , tomonlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirish xususida, shuningdek, o‘zaro uchrashish imkoniyatlari haqida gaplashishgan.

Xitoy rahbari Trampni saylovdagi g‘alaba bilan qutlagan.

«Ayni vaqtda ikki tomon o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishda ulkan imkoniyatlarga ega. Tomonlar istiqbolda harakatlarni muvofiqlashtirgan holda olib borishi, iqtisodiy hamkorlikni va barcha sohalardagi aloqalarni kengaytirishi kerak. Xitoy va AQSh hamkorlik qilishi mumkin va lozim bo‘lgan ishlar anchagina. Savdo aloqalarini kengaytirish ikki mamlakat xalqlari farovonligini yanada oshiradi», — Jingpinning so‘zlari keltirilgan Xitoy Markaziy televideniesida.

O‘z navbatida Tramp AQSh va Xitoy munosabatlari rivojlanishda davom etishiga umid bildirgan.

Bundan oldinroq, Trampni Bushlar oilasi vakillari AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabriklagani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy rahbari Tramp bilan muloqotda: Xitoy va AQSh ko‘p sohalarda hamkorlik qilishi mumkin va kerak