15:16 / 20.11.2016
6 363

Erdo‘g‘an ShHTni EI o‘rniga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda

Erdo‘g‘an ShHTni EI o‘rniga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildiki, Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish — mamlakat uchun yagona variant emas. U Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lishni muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Turkiyadagi Sabah nashri xabar bergan.

Erdo‘g‘an O‘zbekistondan qaytib borgach, mahalliy jurnalistlarning savollariga javob qaytarish chog‘ida shu haqda gapirgan. U Turkiya uzoq yillar davomida Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun besamar urinib kelayotganini qayd etgan.

«Evropada Brexit hodisasidan keyin yana shunday hodisalar takrorlanishi mumkin. Shunday fikrlar Fransiya va Italiyada yangramoqda. Bunday holatda Turkiya o‘zini xotirjam tutishi kerak. EI a’zosi bo‘lishni Turkiya uchun yagona imkoniyat sifatida qaramaslik kerak. Men aytaman, Turkiya nega "Shanxay beshligi"da o‘rin egallamasligi kerak?», — degan Erdo‘g‘an..

Erdo‘g‘an ShHTga a’zo bo‘lish masalasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan muhokama etganligi to‘g‘risida aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an ShHTni EI o‘rniga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda