8 284
Donald Tramp uni tanqid qilgan siyosatchiga AQSh davlat kotibi lavozimini taklif qilmoqchi
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp uni ko‘plab marotaba tanqid qilgan siyosatchi Mitt Romni bilan uchrashadi.
Saylovoldi kampaniyasi vaqtida Romni Trampni "qallob" va "bir kunlik kimsa" deb atagan. Tramp esa Romnining 2012 yildagi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini "har qachongidan ham yomonroq" bo‘lganini aytib kelgan.
Biroq OAVda Tramp uchrashuv vaqtida aynan Romniga AQSh davlat kotibi lavozimini taklif qilmoqchiligi haqida gaplar yuribdi.
Ayni vaqtda Tramp o‘z ma’muriyatini shakllantirmoqda. Tramp AQSh bosh prokurori lavozimini Alabamadan senator Jeff Seshnsga taklif qildi. Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi etib esa iste’fodagi general-leytenant Maykl Flinni tayinlamoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi