AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning rafiqasi Melanya Trampning rasmiy biografiyasida ta’lim haqidagi bandiga ba’zi tuzatishlar kiritildi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning bo‘lg‘usi birinchi xonimi biografiyasiga ikki sloveniyalik publisist Bojan Pozar va Igor Omerza e’tibor qaratishgach, tegishli tuzatishlar kiritilgan. Bu Melanya Tramp iyulda Respublikachilar partiyasida nutq so‘zlagandan keyin yuz bergan. Shundan keyingi kun Pozar va Omerza Melanyaning "Dizayn va arxitektura" ixtisosligi bo‘yicha yakunlangan oliy ma’lumoti borligi haqidagi axborot haqiqatga mos kelmasligini, chunki u universitetni bir yil o‘qigandan keyin tashlab ketganini aytishgan.
Shundan keyin Melanyaning biografiyasi uning portalidan olib tashlanib, uning turmush o‘rtog‘i Donald Tramp saytida paydo bo‘lgan. Endi unda aytilishicha, asli sloveniyalik bo‘lgan missis Tramp 16 yoshida model sifatida faoliyatini boshlab, Milandagi model agentligi bilan shartnoma tuzgan. Axborotda aytilishicha, u Lyublyana universitetida oliy ma’lumot olishi mumkin bo‘lgan, biroq model faoliyati uchun o‘qishini tashlashiga to‘g‘ri kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi