16:30 / 29.11.2016
6 976

Bolgariyada sayyohlar soni mamlakat aholisi sonidan o‘zib ketish arafasida

Bolgariyada sayyohlar soni mamlakat aholisi sonidan o‘zib ketish arafasida

Bolgariya turizm vaziri vazifalarini bajaruvchi Nikolina Angelkova 2016 yilda Bolgariyaga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar sonining o‘sish dinamikasidan kelib chiqib, bu ko‘rsatkichning yil oxiriga borib, 8 millionga etishi hamda mamlakat aholisi sonidan oshib ketishini taxmin qilmoqda. Bu haqida Kun.uz xabar berdi.

"Biz Bolgariya turizmi tarixida misli ko‘rilmagan kuchli yilni kuzatmoqdamiz. Birinchi to‘qqiz oy ichida Bolgariyaga 7,5 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu esa 2014 yildagi bir yillik ko‘rsatkichdan ko‘pdir", - dedi u Bolgariya turizmi vakillarining UNWTO (jahon sayyohlik tashkiloti) bosh kotibi Tolib Rifoiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

"Agar shu maromda davom etsa, u holda yil oxiriga borib, xorijiy sayyohlar soni 8 million chegarasidan o‘tadi - bu esa mamlakat aholisidan ko‘p degani", - deya aniqlik kiritdi Angelkova.

2014 yil baholariga ko‘ra, Bolgariya aholisi 7,2 million kishidan iborat.

Nikolina Angelkova ikki yil ichida sohaning barqaror rivojlanishida salmoqli natijalarga erishilgani va me’yoriy o‘zgarishlarni qabul qilish jadallashtirilganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolgariyada sayyohlar soni mamlakat aholisi sonidan o‘zib ketish arafasida