Ukraina OAVda Ukrainaning sobiq bosh vaziri Arseniy Yasenyuk tomonidan AQShning Florida shtatida bir nechta villa sotib olingani haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Bu haqda ukrainalik tadbirkor Oleg Torgaloga iqtibos keltirgan holda "Kun" nashri yozgan.
Torgaloning aytishicha, Yasenyuk Mayamiga uchib kelib, narxi bir million dollardan 5 million dollargacha bo‘lgan 24 ta ko‘chmas mulk ob’ekti sotib olgan. Tadbirkor bu xabarni berishda Mayamida yashovchi va o‘n yildan ko‘proq ko‘chmas mulk sotish bilan shug‘ullanuvchi do‘stiga iqtibos keltirmoqda.
"U menga o‘zini aqlbovar qilmas xavflarga qo‘ygan, Maydanimiz qahramoni Arseniy Yasenyuk haqida so‘zlab berdi. Aniqlanishicha, u yaqinda Mayamiga uchib kelgan va 24 ta ob’ekt (villa) sotib olgan. Hamma ob’ektlarni kataloglar bo‘yicha tanlagan, ba’zilarini o‘zi ko‘rgan, ba’zilariga esa yordamchilarini yuborgan", deb yozgan Torgalo feysbukda.
Torgalo ushbu axborot "aniqligini" va bu xabar uchun to‘liq javob berishini ta’kidlab o‘tgan. Bundan tashqari, Torgalo Yasenyukning AQShdagi bu faoliyati bilan bog‘liq holda jurnalistik tergov tashkillashtirishga va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi