6 673
Isroil televideniesi ko‘rsatuvlari Haram ash-Sharif tasviri va azon tovushi bilan uzib qo‘yildi
Isroilning ikki TV kanali yangiliklarni namoyish etish vaqtida azon ovozi eshitilayotgan Haram ash-Sharif tasvirlari fonida yaqinda bo‘lib o‘tgan yong‘inlar to‘lqini haqidagi xabarlarni o‘qidi. Bu haqida Kun nashri ma’lum qildi.
Isroilning xususiy 2- va 10-telekanallaridagi ko‘rsatuvlari taxminan 30 soniyacha musulmon olamining diqqatga sazovor maskanlari, jumladan Quddusdagi Haram ash-Sharif masjidi tasvirlari bilan uzib qo‘yildi. Boz ustiga ekranda tasvirlar bilan birga azon tovushi ham yangradi.
Isroil parlamenti masjidlarda azonning baland ovozda o‘qilishiga chek qo‘yishga doir qonun loyihasini ilk marta ovozga qo‘yishi kutilmoqda.
Mamlakat aholisining taxminan 17,5 foizi arablardan iborat, ularning aksariyati - musulmonlar. Arablar yaxudiylar jamiyatini ularning huquqini kamsitishda ayblashoqda.
Isroilning Demokratiya instituti bu taklifga qarshi chiqdi. Amaldorlardan biri o‘ng siyosatchilarni bu masalani ko‘tarib, xavfli "o‘yin"ni boshlaganlikda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Isroilning G‘arbiy qirg‘oqlarida yirik yong‘inlar sodir bo‘ldi. Buning natijasida yuzlab uylar yonib bitdi, 10 minglab kishilar evakuasiya qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?