Afg‘oniston parlamenti 30 noyabrda Shvesiyada yashash uchun ruxsat olmagan o‘z fuqarolarining Shvesiyadan deportasiya qilinishi bo‘yicha kelishuvni ko‘pchilik ovoz bilan rad etdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Avvalroq hujjat Shvesiyaning qochqinlar ishlari bo‘yicha vazirligi va Shvesiya hukumati tomonidan imzolangandi.
Afg‘onistonning xalqaro ishlari bo‘yicha parlament qo‘mitasi a’zosi Abdul Qayum Sajadiy bu kelishuv Afg‘onistonning milliy manfaatlariga zidligini aytdi, chunki qochqinlarning Shvesiyadan jo‘natib yuborilishi ularning yashash uchun ruxsat taqdim qilingan qarindoshlaridan ayiradi.
Shvesiyaning migrasiya va adliya ishlari bo‘yicha vaziri Morgan Yuxansson Afg‘onistonning bu harakatlari oqibatlari haqida xulosa chiqarishga ertaligini, Stokgolm bu masalani Afg‘oniston hukumati bilan muhokama qilish imkoniyatini izlayotganini aytdi.
Avvalroq tilshunos olim Mikael Parkvall Shvesiyada arab tili tarqalganlik bo‘yicha ikkinchi tilga aylanayotganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi