19:31 / 04.12.2016
7 552

Erdo‘g‘an turk sun’iy yo‘ldoshining uchirilishi shaxsan kuzatadi

Erdo‘g‘an turk sun’iy yo‘ldoshining uchirilishi shaxsan kuzatadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk sun’iy yo‘ldoshi Göktürk-1’ning uchirilishini kuzatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Ta’kidlanishicha, sun’iy yo‘ldosh 5 dekabrda uchiriladi. U Fransuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uchiriladi.

Erdo‘g‘an sun’iy yo‘ldosh uchirilishini videoanjuman tartibida kuzatadi.

Göktürk-1 Turkiya qurolli kuchlarini Er sirtining yuqori sifatli suratlari bilan ta’minlaydi.

Sun’iy yo‘ldoshning Er atrofida aylanishi davri 90 daqiqani tashkil qiladi. Fransiyada ishlab chiqarilgan sun’iy yo‘ldosh Erga yiliga 60 mingdan ko‘proq surat yuboradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an turk sun’iy yo‘ldoshining uchirilishi shaxsan kuzatadi